IDM har qanday brauzerdagi yuklamani egallashi mumkin, buning uchun u turlar/kengaytmalar ro'yxatiga mos kelsa bas. Kengaytmalar ro'yxatini "IDM tanlovlari->Fayl turlari" bo'limida tahrirlash mumkin.
Serverdan fayl yuklab olishda muammoga duch kelsangiz (masalan, server band, muddati tugashi yoki boshqa muammolar tufayli), bu faylni IDM jadvalidagi navbatda qoldirib, navbatni boshlashingiz mumkin. IDM jadvali faylni har 30 soniyada yuklab olishga urinadi.
Brauzerda havolaga kliklashdan oldin muayyan klavishni bosib tursangiz, IDM har qanday yuklamani egallaydi. (bu klavishni IDM tanlovlari, Umumiy sahifasi, Klavishlar tugmasi orqali qo'yish mumkin. "Insert" klavishi aksariyat brauzerlarda ishlaydi)
Brauzerda yuklab olish havolasiga kliklayotganda ALT klavishini bosib tursangiz, IDM yuklamani egallamaydi, faylni brauzer yuklab oladi. (bu klavishni IDM tanlovlari, Umumiy sahifasi, Klavishlar tugmasi orqali o'zgartirish mumkin)
Mabodo hech nimani tushunmasangiz, F1 tugmasini bosing, shunda kontekstga bog'liq yordam ko'rsatiladi.
Agar IDM brauzerdagi yuklamalarni umuman egallamasligini istasangiz, IDM tanlovlarida brauzer bilan integratsiyani o'chirib qo'ying.
Faylni ochishni tavsiya qiladigan, yuklama tugallanganligi haqidagi dialogni o'chirib qo'yishingiz mumkin. Buning uchun "IDM tanlovlari->Yuklamalar"dagi "Tugallanganda dialog oynasini ko'rsat" bandidan belgini olib tashlang
Faylni qayerga saqlashni so'raydigan, yuklama boshlanishidagi dialogni o'chirib qo'yishingiz mumkin. Buning uchun "IDM tanlovlari->Yuklamalar"dagi "Olish boshlanganida dialogni ko'rsat" bandidan belgini olib tashlang
Yuklama rivoji dialoglarini IDM tanlovlar->Yuklamalar sahifasida yashirish yoki o'chirib qo'yishingiz mumkin.
Fayllarni yuklab olish uchun IDMni buyruqlar satridan ishga tushirishingiz mumkin. Ko'proq ma'lumot uchun "Yordam->Yuklashni boshlash" bo'limini o'qing.
IDM asosiy oynasidan fayllarni sudrab, boshqa dasturlarga tashlashingiz mumkin (masalan, Winamp, Media Player, va hk.). Sudrab tashlash orqali fayllarni IDMdan Windows jildlariga ko'chirish yoki nusxalash ham mumkin.
Himoyalangan serverdan har gal fayl yuklab olishda nom va parolni qayta-qayta kiritmaslik uchun "IDM tanlovlari->Sayt loginlari" sahifasidaga ro'yxatga serverni, login nomi va parolni kiritib qo'yishingiz mumkin
